O‘zi yasagan soatini bomba gumon qilib, maktabga kirishiga ruxsat berilmagan amerikalik o‘quvchi Ahmad Muhammadning oilasi 15 million dollar tovon puli talab qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Talabnoma maktab va Ahmadning oilasi istiqomat qilgan Texas shtatidagi Irving shahriga qaratilgan.
Advokat Kelli Xollingsvortning so‘zlariga qaraganda, maktabda Ahmad Muhammad yetti nafar katta kishining ishtirokida bir yarim soat davom etgan so‘roqqa jalb qilingan. Unga ota-onasi bilan bog‘lanishga ruxsat berilmagan va huquqlari hisobga olinmagan.
“Ahmadga tinmasdan bosim o‘tkazilib, maktabga bomba nusxasini olib kelishga uringanligini tasdiqlovchi iqrornomani imzolash talab etilgan”, — dedi advokat Kelli Xollingsvort.
Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni 14 yoshli Ahmad Muhammad o‘qituvchilarining shikoyatidan so‘ng go‘yoki qo‘lbola bomba tayyorlagani uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan edi.
Izoh (0)