1995-yildan to bugunga qadar tabiiy ofatlar natijasida 606 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda BMTning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish byurosi (UNISDR) ma’lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lumotda keltirilishicha, bu borada qurbon bo‘lganlar soni keskin ortib ketgan.
BMT mutaxassislarining ta’kidlashicha, tabiiy ofatlar 4,1 mlrd kishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Ular orasida jarohat olganlar, uylarini yo‘qotganlar yoki tez yordamga ehtiyoj sezganlar ham bor.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, iqlim masalalariga bag‘ishlangan COP21 anjumani 2015 yilning 30-noyabridan 11-dekabriga qadar Parijda bo‘lib o‘tadi. Unda o‘nlab davlat rahbarlari ishtirok etishi kutimoqda.
Izoh (0)