Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv chog‘ida Kaspiy dengizining havo hududi xavfsizligi borasida suhbatlashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu borada yuzaga keladigan noqulayliklarni iloji boricha kamaytirishga harakat qilish zarur. Biroq shuni unutmaslik kerakki, Rossiya butun diqqat-e’tiborini IShID va shunga o‘xshash terrorchilar jamoasini yo‘q etishga qaratgan. Bugun terrorchilar yirtqichlik bilan shug‘ullanmoqda, ular hatto tinch aholi vakillariga ham shafqat qilmayapti” — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Suriyadagi inqiroz siyosiy yo‘l bilan hal etiladi. Bu borada u Eron rahbariyati bilan muzokara olib borgan.
Izoh (0)