21-noyabr kuni Qozog‘istonda “Ostona” futbolchilarini futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oltin medallari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Tengri News.
2015-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb Foksi Ketevoama e’tirof etildi, unga homiydan yangi E sinfidagi Mercedes-Benz sovg‘a qilindi.
Biroq mashina kaliti tantanali ravishda topshirilgach, markaziy afrikalik futbolchi avtomobilni butun jamoa uchun umumiy foydalanishga topshirishga qaror qildi. Bu bilan forvard chempionlik butun jamoa xizmati ekanligini bildirmoqchi bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)