“Barselona” futbol klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionati 12-turi doirasida “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar berdi “Sports.ru”.
Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
“Bizning rejamiz amallab yanvargacha yetib olish emas, yo‘q. Hozir hammasi qanday ketayotgan bo‘lsa, shularning bari bizning rejamizdan o‘rin olgan. “Santyago Bernabeu”da g‘alaba qozonish mumkin, lekin eng yoqimlisi — unda qanday g‘alabaga erishish”, — dedi Luis Enrike.
“Tarkib borasida gapiradigan bo‘lsam, avval aytganimdek, o‘yin arafasida Messi va Rakitich bilan ularning holati brasida gaplashib oldim. Qaror qabul qilish qiyin bo‘lmadi. “Real” osonlikcha taslim bo‘lgani yo‘q, shunchaki, biz yaxshiroq o‘ynab, vaziyatlardan foydalandik”, — dedi “Barselona” ustozi.
“Barselona” bosh murabbiyi o‘yin davomida “Real Madrid” ishqibozlari Andres Inyestani olqishlaganliklariga ham munosabat bildirdi.
https://twitter.com/barcastuff/status/668141319500472321
“Inyesta — jahon futbolidagi ahamiyatga molik figura. Shuning uchun, madridlik ishqibozlar uni olqishlayotganliklarini to‘g‘ri tushunaman”, — deya qo‘shimcha qildi Luis Enrike.
Izoh (0)