Parijdagi teraktlarni amalga oshirgan yetti nafar terrorchidan to‘rt nafarining ismlari AQSh maxsus xizmatlari ma’lumotlar bazasida bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, terakt ishtirokchilaridan to‘rt nafari AQSh Milliy aksilterrorchilik markazi tomonidan tuziladigan TIDE maxfiy ro‘yxatiga kirgan. Ushbu ro‘yxat 1,1 milliongacha ismlarni o‘z ichiga olib, ulardan 25 mingi AQSh aholisidan iboratdir. Biroq terrorchilardan hech biri AQShga aloqador bo‘lmagan.
Bundan tashqari, terrorchilardan biri FQBning terrorchilarni kuzatish bo‘yicha yanada tor ro‘yxatiga kirgan.
Izoh (0)