Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ushbu lavozimda uning o‘rnini bosa olishi mumkin bo‘lgan kishini hozircha topa olmayotganini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“O‘rningni bosadigan kishini qidira boshlaganingda, atrof xuddi payhon qilinganga o‘xshaydi. Hech kim yo‘q, yolg‘iz o‘zimman. Sizda boshqa hech kim yo‘q, shuning uchun meni qo‘ldan chiqarmang”, — dedi Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan hukumat majlisida.
Shuningdek, prezident hazilomuz tarzda keyingi davom ettiruvchi “yanada yomonroq” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)