Parijdagi politsiya operatsiyasi chog‘ida “shahidlar belbog‘i”ni taqib olgan ayol o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” RTL’ga tayanib.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida jami uch kishi o‘ldirilgan, yana ikki yoki uch kishi hibsga olingan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, huquq himoyachilari qamal qilgan xonadonda yana boshqa terrorchilar ham bor. Ular Parijdagi ketma-ket teraktlarga aloqador.
Izoh (0)