Parijga qarashli Sen-Deni shaharchasidagi maxsus operatsiyada ikki kishi terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Yana ikki jinoyatchi halok bo‘ldi, ulardan biri o‘z-o‘zini portlatgan xudkush terrorchi ayoldir.
Huquq himoyachilari qurshovga olgan xonadonda terrorchi deb taxmin etilayotgan yana bir kishi qolmoqda. U Fransiya poytatidagi ketma-ket teraktlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Qamal uch soatdan buyon davom etmoqda.
Izoh (0)