Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyaning “ichki muxolifati” vakillari bilan uchrashganligini Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Suriya muammosining yakuniy yechimi faqat ushbu mamlakatning xalqiga bog‘liq. Bu haqda men Suriya ‘ichki muxolifati’ bilan Grozniyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildim”, — deb yozadi Qodirov.
Uchrashuv davomida Checheniston rahbari IShID safida kurashayotgan yosh chechenistonliklar butun chechen xalqini ifodalamasligi va unga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)