Bavariyada Vallenfelsdagi uyidan sakkiz nafar chaqaloqning jasadi topilgan 45 yoshli ayol hibsga olindi, deb xabar beradi Meduza.
Ayol Vallenfelsdan 15 kilometr masofada joylashgan pansionatdan topildi. U bolalaridan ba’zilari tirik tug‘ilganligi va keyin o‘ldirilganligini tan oldi.
Ayolning aynan qaysi paytda qotillik sodir etganligi noma’lum. Chaqaloqlarning jasadi ekspertizaga yuborilgan.
Politsiya mahalliy aholidan biri Vallenfelsda bir nafar chaqaloqning jasadini topgandan so‘ng surishtiruv ishlarini boshlagan edi. Keyinroq yana yetti nafar chaqaloqning jasadi topilgan edi.
Izoh (0)