Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning bir necha hududlarida uzoq masofaga yuk tashuvchi haydovchilar tomonidan o‘tkazilayotgan namoyishlardan xabardor etildi. Bu haqda “RBK” davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Prezident bu masaladan xabardor etilgan”, — dedi Peskov.
Vaziyatga baho berish masalasida u hukumatga murojaat qilishni tavsiya qildi. “Bu ko‘proq hukumatga, Transport vazirligiga tegishli masala bo‘lib, unga bog‘liq savollar bilan ularga murojaat qilish lozim deb hisoblayman”, — deb ta’kidladi matbuot kotibi.
11-noyabr kuni Rossiyaning bir nechta hududlarida trassalarda 12 tonnadan ortiq yuk tashuvchi yuk mashinalaridan olinadigan yig‘imga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)