2015-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas’ul vakili Andreas Peshke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Peshke O‘zbekistonga yuqori lavozimga tayinlanganidan so‘ng ilk bor tashrif buyurmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston va Germaniya parlamentlari, biznes doira vakillari, ilmiy muassasalar va o‘quv maskanlari o‘rtasida muloqotlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari, xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida Germaniya elchisi Naithart Xyofer-Vissing ham ishtirok etdi.
Izoh (0)