Ispan Kataloniyasining mustaqilligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya oqibatsiz qoldiriladi. Bu haqda “TASS” qirollik hukumati raisi Mariano Raxoy so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Raxoy, shuningdek, ushbu qaror ustidan konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishini ma’lum qildi. U Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi yetakchisi Pedro Sanches bilan Kataloniya masalasini muhokama qilganligini va ular 10-noyabr, seshanba kuni uchrashishga kelishib olganligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniya parlamenti mustaqillik haqidagi rezolyutsiya loyihasini ma’qullaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)