A321 samolyotining Sinay yarimorolida qulashiga sabab sifatida terakt ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Ro‘y bergan hodisaning sababi sifatida terrorchilik akti sodir etilgani ehtimoli ham saqlanib turibdi”, — deya ta’kidlagan Medvedev.
Shu bilan birga, bosh vazir halokat sabablarini ko‘rib chiqish davom etayotgani bildirgan.
Izoh (0)