Portlash natijasidagi ko‘chki 5-noyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da mamlakatning shimoliy-g‘arbiy qismidagi Gansu provinsiyasida joylashgan konda yuz bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash yuz bergan vaqtda konda besh nafar ishchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Qutqaruv xizmati vayronalar ostidan halok bo‘lgan kon ishchilarini chiqarib olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kondagi ish jarayonida tez-tez portlash kuzatiladi.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)