AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi olimlari ilk bor insonga parazitlardan saraton kasali yuqishini qayd etdi. Bu haqda New England Journal tibbiy nashrida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
VICh-infeksiyaga chalingan 41 yoshli erkakda saratonga o‘xshash o‘simtalar aniqlangan. Unga saraton hujayralari mitti lentasimon gijja (Hymenolepis nana) orqali o‘tgan. Kolumbiyaning Medelin shahrida istiqomat qiluvchi erkak shifokorlarga bir necha oydan beri bezgak tutayotgani, yo‘tal, charchoq hamda vazn yo‘qotayotgani ustidan shikoyat bilan murojaat qilgan. Tadqiqotlar mijozda saratonga o‘xshash o‘simtalar mavjudligini ko‘rsatdi, biroq saraton hujayralari insonda uchraydiganlariga qaraganda juda kichik edi.
“Biz lentasimon gijjalardan insonga o‘tadigan bu yangi xastalikni aniqlaganimizda hayratda qoldik. Mazkur holat ancha noyob hodisa, biroq bu parazit butun dunyoda tarqalgan. Millionlab odamlar immun tizimini zaiflashtiradigan VIChga o‘xshash xastaliklardan aziyat chekadi”, — deya ta’kidlagan tadqiqot mualliflaridan biri Atis Myulenbaxs.
Olimlarning aytishicha, saraton boshqa hayvonlarga it, Tasmaniya iblisi va mollyuskalardan o‘tishi ma’lum, ammo bu insonga parazitlar tomonidan birinchi bor saraton “yuqtirilishi”.
Izoh (0)