5-noyabr kuni “Qo‘qon-1912” futbol klubining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda klub rahbarlari, murabbiylar va futbolchilar ishtirok etdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan “Qo‘qon-1912” futbol klubi vitse-prezidenti, bosh direktor Baxtiyor Tolipov “So‘g‘diyona”dan uchralgan mag‘lubiyat klub murabbiylari va futbolchilarning o‘z ishiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lganligi oqibatida kelib chiqqanligini aytib o‘tdi. Aniqrog‘i, murabbiylar shtabi futbolchilarni mazkur bahsga tayyorlay olmagan.
Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Rustam Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Jamoani murabbiy Muhsin Nizomiddinov vaqtinchalik boshqarib turadigan bo‘ldi.
Izoh (0)