Amerikaning Stiluoter shahrida (Oklaxoma shtati) o‘tkazilayotgan paradni kuzatib turgan tomoshabinlar orasiga avtomobilda yorib kirgan ayolga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Hukumatning ma’lum qilishicha, 25 yoshli Adasiya Chembers to‘rt kishini o‘ldirganlikda, shuningdek, 50 ga yaqin kishining yaralanishiga olib kelgan bosqinchilikda ayblanmoqda.
Hozirda Chembers hibsda saqlanmoqda, ishni sudda ko‘rish qachondan boshlanishi hozircha e’lon qilinmadi. Uning aybdor ekanligi ayblovning barcha bandlari bo‘yicha o‘z tasdig‘ini topsa, unga nisbatan umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hodisa 24-oktabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 da Stiluoter shahridagi kampus yonida sodir bo‘lgan edi. 25 yoshli ayol boshqarayotgan yengil avtomobil dastlab politsiya mototsiklini urib yuborgan, so‘ng, olomonni yorib kirgan.
Izoh (0)