AQShning Vashington shtatida uch nafar voyaga yetmagan o‘smir o‘ldirish maqsadida odam o‘g‘irlashda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
O‘smirlar 86 yoshli Xezel Abelni Kennevik shahridagi uyida qo‘lga olib, uni shaxsiy mashinasi yukxonasida Oregon shtatiga olib keldi. Ular Portlend yaqinidagi Maltnoma grafligida to‘xtab, xarid uchun do‘konga kirdi. Shunda ayol mashina yukxonasini ichkaridan ochib, yordam chaqirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jinoyatchilar qo‘lga olindi. Ulardan ikki nafari 14 va 15 yoshli yigit, yana biri esa 16 yoshli qiz ekanligi aniqlandi. Ularning barchasi jabrlanuvchi yashagan shaharda istiqomat qilgan.
Keksa ayolga tibbiy yordamning zarurati bo‘lmadi, hodisadan so‘ng u uyiga qaytdi. Hibsga olinganlar esa sudda jazoga tortiladi.
Izoh (0)