Apple korporatsiyasi moliyaviy yilning to‘rtinchi choragidagi hisobotda ko‘rsatkichlarning rekord darajada o‘sganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni chop etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Kompaniyaning chorak davomidagi daromadi 51,5 milliard dollardan iborat bo‘lsa, shundan sof daromad 11,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu esa har bir aksiyaning 1,96 dollarga o‘sganligidan dalolat beradi. O‘tgan yili aynan shu davrdagi ko‘rsatkich tegishli tartibda 42,1 milliard, 8,5 milliard va 1,42 dollarni tashkil etgan edi.
Shu tariqa yil davomidagi daromad 22,3 foizga, sof daromad 30,6 foizga, aksiyadagi daromad 38 foizga o‘sdi. Kompaniya yalpi daromadi 2014-yilning to‘rtinchi choragidagi 38 foizdan 39,9 foizga oshdi. Kompaniyaning xalqaro sotuvdan tushgan daromadi chorak daromadining 62 foizini tashkil etdi.
Apple bu o‘sishni yangi iPhone, Apple Watch va Mac’ning sotuvi va servislardan tushgan daromad bilan bog‘lamoqda.
Izoh (0)