Qamoqxonadan qochishni tashkillashtirish va chet el razvedkalari foydasiga josuslik qilishda ayblanayotgan Muhammad Mursiyning ishi yuzasidan sud jarayoni 9-noyabrga qoldirildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
Misr prokuraturasi vakilining ma’lum qilishicha, bunga uchish uchun noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, noqulay ob-havo tufayli sobiq prezidentni sudga yetkazishi lozim bo‘lgan samolyotning havoga ko‘tarilish va Misr poytaxtiga uchib kelish imkoni bo‘lmagan.
Hozirda ayblanuvchi Aleksandriya shahri yaqinidagi “Burg al-Arab” qamoqxonasida bo‘lib, undan sud jarayoni o‘tkaziladigan Qohiragacha masofa 250 kilometrni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” tashkilotining 105 nafar tarafdori o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Biroq mamlakat qonunchiligiga muvofiq, ushbu hukmni Misr oliy muftiysi tasdiqlab berishi kerak.
Izoh (0)