Rejissor Kventin Tarantino politsiya zo‘ravonligiga qarshi Nyu-Yorkda tashkil etilgan norozilik namoyishiga qo‘shildi. “RBK”ning qayd etishicha, aksiyada taniqli rejissordan tashqari yana bir necha yuz kishi qatnashgan.
“Men insonman va menda vijdon bor. Modomiki, qotilliklar yuz berayotgan ekan, bunga qarshi chiqib, kurashish kerak. Men bu yerga halok bo‘lganlar tarafida ekanimni bildirish uchun keldim”, — dedi rejissor.
Namoyishchilar megafonlar orqali halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berib, ularning suratlarini ko‘tarib borishdi. The New York Times’ning qayd etishicha, suratlarda asosan yosh qora tanli kishilar tasvirlangan edi.
Izoh (0)