Kaliforniyaning Eisenhower Medical Center klinikasida Maykl Jekson va boshqa yulduzlarning dermatologi 70 yoshli Arnold Klyayn vafot etdi. O‘lim sabablari ma’lum qilinmadi, deb xabar beradi Associated Press.
Qo‘shiqchilar Dolli Parton va Sher, kinoaktyorlar Elizabet Teylor, Kerri Fisher, Goldi Xon, Sheron Stoun, Dastin Xoffman va boshqa bir qator shou-biznes yulduzlari Klyaynning mijozlari bo‘lgan.
Klyayn yoshartiruvchi kosmetik muolajalar bo‘yicha mutaxassis hisoblangan. U 25 yil davomida Maykl Jeksonning shifokori bo‘lgan va 2009-yil pop musiqa qirolining vafotiga qadar uning terisini parvarish qilgan. Shifokorlar tomonidan Jeksonga tayinlangan tavsiyalarni o‘rganib chiqqan tergovchilar Klyaynning pop yulduzning o‘limiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aniqlagan.
Jeksonning o‘limidan so‘ng, uning moliyaviy ahvoli jiddiy yomonlashib, 2013-yilda u o‘zini bankrot deb e’lon qilgan edi.
Izoh (0)