O‘ninchi “Tog‘-kon ishi – Mining World Uzbekistan – 2015” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zgeoinvest – 2015” O‘zbekiston Respublikasining qattiq foydali qazilma boyliklarini ishlab chiqarish va qazib olish bo‘yicha investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan taqdimotida mamlakat geologiya tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalari, O‘zbekistondagi konlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Konferensiyada mutaxassislar ta’kidlashicha, Foydali qazilma boyliklar zaxiralari davlat balansi ma’lumotlari bo‘yicha, 2015-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada 1838 ta kon ochilgan, shularning 950 tasi yoki 52 foizi mustaqillik yillari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Konferensiya doirasida investorlar e’tiboriga 540 ta qattiq foydali qazilmalar koni taqdim etildi, ularning bazasida ichki va tashqi bozorda talabgir bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Izoh (0)