Yerdagi hayot, zamonaviy ilm-fan tan olgan sanadan 300 million yil avvalroq paydo bo‘lgan. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining professori Mark Harrison boshchiligidagi bir guruh olimlar shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda, NBC telekanali keltirgan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“So‘nggi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, tirik organizmlar bizning sayyoramizda 4,1 milliard yil oldin ham mavjud bo‘lgan, – deya bayon qilmoqda u. – Bu esa yerdagi biologik organizmlarning paydo bo‘lish muddatlarini mavjud bo‘lgan baholashdan 300 million yil oldinroq bo‘lib chiqadi”.
G‘arbiy Avstraliyada topilgan qadimiy sirkon kristallarini o‘rganishda mutaxassislar kutilmagan kashfiyotni qo‘lga kiritgan. Ularda uglerodli hududlar topilgan bo‘lib, Harrisonning ta’kidlashicha, bu o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan biologik organizmlarning faoliyati natijasida paydo bo‘lgan.
Izoh (0)