Italiyaning Caviar kompaniyasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning surati tushirilgan, tilla va platina bilan ishlov berilgan smartfonlarni sotuvga chiqardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yangi smartfonlar seriyasi Checheniston va Tatariston respublikalariga bag‘ishlangan. Chechenistonga bag‘ishlangan smartfonlar an’anaviy naqshlar va Checheniston madhiyasidan olingan iqtibos bilan bezatilgan. Smartfon markaziga Ramzan Qodirov surati tushirilgan. Caviar’ning qayd etishicha, ustalar Qodirovning surati ustida bir oy ishlagan.
Bundan tashqari, kompaniya Tataristonga bag‘ishlangan smartfonni ham ishlab chiqqan. Telefonning orqa tomonida qanotli bars va Tataristonning eng asosiy osori-atiqalari tasvirlangan.
Smartfonlar ikki xil — oltinda va platinada ishlov berilgan ko‘rinishda tayyorlangan. Caviar’ning bunday iPhone 6s’lari 188 ming rubldan sotiladi.
Izoh (0)