Rossiya va AQSh Suriya bo‘ylab parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda “RBK” Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Memorandum respublika havo hududidagi barcha samolyotlar va uchuvchisiz uchar qurilmalarning harakatlarini qat’iy belgilab beradi hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadini ko‘zda tutadi.
“Memorandum Rossiya va AQSh aviatsiyasi o‘rtasida noxush hodisalar yuzaga kelishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi qoidalar va cheklovlar majmuasini o‘z ichiga oladi”, — deb ta’kidladi Antonov.
Pentagon ham memorandum imzolanganligini tasdiqladi. Bu haqda boshqarma rasmiy vakili Piter Kuk ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning to‘liq matni Rossiya iltimosiga binoan chop etilmagan.
Izoh (0)