Ruminiyaning sobiq prezidenti Ion Iliyesku 1990-yilning iyunida Buxarestda yuz bergan konchilar tartibsizligi bo‘yicha tergov doirasida insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Iliyesku unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganligidan xabardor qilindi”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Fojiaviy voqealar 1990-yilning aprelida boshlangan edi. Mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar saylovlarda Iliyesku boshchiligidagi Milliy qutqaruv fronti g‘alaba qozongandan keyin ham davom etdi. Deyarli uch oy davomida hukumatga sobiq kommunistlarning kelishidan norozi bo‘lgan namoyishchilar kechayu-kunduz poytaxt markazida norozilik namoyishi o‘tkazdi.
13-iyunda politsiya namoyishchilarni maydondan quvib chiqarishga urindi. Yuzaga kelgan to‘qnashuvda namoyishchilar IIV, davlat xavfsizligi, televideniye va boshqa davlat binolariga hujum qildi. Shunda Iliyesku hukumatga yordam uchun o‘n minglab konchilarni chaqirdi. To‘qnashuv natijasida olti kishi halok bo‘lgan, 542 nafari tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, mingga yaqini qo‘lga olingan.
2005-yilda konchilar tartibsizligi chog‘idagi odamlarning halok bo‘lganligi yuzasidan Iliyeskuga qarshi ayblov e’lon qilingan edi. Biroq ish natijasiz yakunlangandi.
Izoh (0)