Chegara qo‘shini xizmatchilari o‘zi bilan birga Xitoyda ishlab chiqarilgan 15 ta mobil telefonni Xitoydan olib kirmoqchi bo‘lgan ayolni Qozog‘iston-Xitoy chegarasida ushladi. Bu haqda, “Nur.kz” xabar bermoqda.
Voqea, chegara qo‘shini nazoratining Xorgos bo‘linmasida 18-oktabrda sodir bo‘lgan, deya xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatining matbuot xizmati.
Chegara qo‘shini xizmatchilariga Qozog‘istonga kirib kelayotgan 33 yoshli fuqaro ayolning xatti-harakati va kiyimi shubhali ko‘ringan.
Shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganda uning ustki kiyimi ostida, tanasida, mobil telefonlar topilgan. Ayol topilgan texnik ashyolar bilan birgalikda Oltinko‘l bojxona postiga topshirildi.
Izoh (0)