“O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori o‘zgardi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar qildi.

Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati

Kinostudiya direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Zamir Arinov o‘rniga 15-oktabrdan e’tiboran Komiljon Shamsiddinov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Komiljon Shamsiddinov shu vaqtgacha “O‘zbekkino” Milliy agentligi Ilmiy-ommabop, hujjatli kino va videofilmlar ssenariylarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.