Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizi shimoliy qismi tubining chegaralarini belgilab olish to‘g‘risidagi kelishuv protokoliga o‘zgartirish kiritish yuzasidan protokolni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Kaspiy dengizi tubidagi yer osti boyliklaridan foydalanish bo‘yicha suveren huquqlarni amalga oshirish yuzasidan protokol 1998-yilning 6-iyul kuni imzolangan edi.
Avvalroq Rossiya rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ushbu hujjat “Sentralnaya” neft tuzilmasini birgalikda rivojlantirish masalalarini tartibga solishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)