Eronda Boeing 747 yo‘lovchi samolyotining to‘rtta dvigatelidan biri parvoz davomida sochilib keta boshladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Shundan so‘ng samolyot Tehron aeroportiga shoshilinch ravishda qo‘ndi. Samolyot qo‘ngandan keyin uning dvigateli qanday ahvolda bo‘lganligini tasvirlovchi suratlarni mahalliy jurnalist Abas Aslani Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Uning ma’lum qilishicha, samolyotda 300 dan ortiq kishi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning barchasi xavf-xatardan holi. Samolyot Tehrondan Bandar Abbosga bo‘lgan ichki reysni amalga oshirayotgan edi.
Izoh (0)