Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumining maxsus pochta markalari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015-yil 9-oktabrdan muomalaga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: ICTNEWS

Foto: ICTNEWS

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

Foto: “O‘zbekiston pochtasi”

Foto: “O‘zbekiston pochtasi”

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Ularning perforatsiyasi taroqsimon, qog‘ozi esa oq silliq. 40x40 mm o‘lchamidagi pochta markalari 10 ming adadda ishlab chiqarilgan.

Foto: “O‘zbekiston pochtasi”

Foto: “O‘zbekiston pochtasi”

Markalar rassom A.Kim tomonidan chizilgan va dizayner Ye.Kanevets tomonidan tayyorlangan. Behi surati tushirilgan Cydonia oblonga deb nomlangan marka 1500 so‘m, anor surati tasvirlangan Punica granatum deb nomlangan markaning qiymati esa 1800 so‘mga teng.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi