Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Fumio Kisida Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi, deb xabar beradi “TASS”.
Uchrashuvning to‘liq tafsilotlari ma’lum qilinmadi. Kyodo agentligining xabar qilishicha, Kisida uchrashuvda Tehron va “oltilik” davlatlari o‘rtasidagi kelishuvni amalga oshirish mavzusida so‘z yuritgan. Shuningdek, u Eronni Yaqin Sharqdagi barqarorlikni saqlab turish uchun Suriya bilan bog‘liq vaziyatda konstruktiv rol o‘ynashga chaqirdi.
Yaponiya TIV rahbari Eronga tadbirkorlar bilan birga keldi. 12-oktabrda tomonlar yapon-eron hamkorlik kengashini tashkil etishni ko‘zda tutuvchi investitsiyaviy kelishuvni imzoladi.
Izoh (0)