AQShlik rassom Natan Savayya Lego konstruktoridan haqiqiy kattalikdagi betmobilni yig‘di, deb xabar beradi Leg Godt.
5,5 metr uzunlikdagi va 680 kilogramm og‘irlikdagi ushbu san’at asari 500 ming qismdan yig‘ilib, buning uchun uch oy vaqt sarflandi. Mashina dizayni Betmen haqidagi filmlar originaliga maksimal darajada yaqin bo‘lishi uchun rassomga DC Entertainment kompaniyasi dizayneri Jim Li ko‘mak berdi.
Rassom Natan Savayya Lego konstruktoridan yaratgan san’at asarlari bilan mashhurdir. Uning ko‘rgazmalari butun dunyo bo‘ylab, jumladan Shimoliy Amerika, Yevropa va Avstraliyada ham o‘tkaziladi.
Izoh (0)