Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi Lada Vesta avtomobilini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali hikoya qilgan, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
“Taassurotlar a’lo darajada. Mansub bo‘lgan turkumi uchun raqobatbardosh model. Tadbirkorlarimizdan biri hozirning o‘zidayoq bu avtomobildan 100 ta sotib olish istagini bildirdi”, — deya ta’kidlagan Qodirov.
Chechenistondagi taqdimotda “AvtoVAZ” prezidenti Bu Andersson ishtirok etgan.
Izoh (0)