Fransiyaning Mulleron le Kaptif shahrida trampolin (batutda sakrash) bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Yekaterina Xilko va Anna Kasparyan sinxron sakrash bahslarida 46,200 ball jamg‘arib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Ushbu musobaqada 47,600 ball to‘plagan Li Men / Lyu Linlin (Xitoy) juftligi birinchi, yaponiyalik duet Megu Uyama / Ayana Yamada esa 46,000 ball bilan uchinchi o‘rinlarni band etdi.
Izoh (0)