Xitoy shimolida Shaolin ruhoniysi inson tanasi nimalarga qodir ekanligini yana bir marta ko‘rsatdi. Shi Liliang ko‘rsatkich barmog‘ida turishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Ruhoniy shu holatda o‘n soniya muvozanatni saqlab turdi. U dunyo bo‘yicha bu kabi tryukni bajara oluvchi sanoqli odamlardan biridir.
Shi Liliang inson tanasini boshqara olish qanday mo‘jizalarga qodir bo‘lish imkoniyatini berishini yana bir marta isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shi Liliang suv ustida 125 metr masofani yugurib o‘tgan edi.
Izoh (0)