FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi Xans-Yoaxim Ekkert raisligida tashkilot ijroiya qo‘mitasining sobiq a’zosi Voravi Makudini futboldagi faoliyatidan 90 kunga chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Avvalroq Makudi Tailand futbol assotsiatsiyasining 2013-yilgi prezident saylovlarida hujjatlarni soxtalashtirganligi uchun bir yilu to‘rt oylik qamoq jazosiga shartli hukm qilingan edi.
Joriy yilning may oyida Makudi Tailand futbol assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimidan bo‘shatilgan edi. U, shuningdek, 2018 va 2022-yillarda JCh o‘tkaziladigan mamlakatlarni tanlashda ham korrupsiyaga aralashganlikda gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq FIFA axloq qo‘mitasi Blatter, Platini va Valkeni 90 kunga futboldan chetlatgandi.
Izoh (0)