Germaniyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi Volkswagen konsernining sobiq raisi Martin Vinterkorn undagi barcha lavozimlarini tark etmoqchi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
OAVda ma’lum qilinishicha, top-menejer vaziyatni chuqur tahlil qilib chiqqan va yaqin kunlar ichida o‘zining iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilishi mumkin. Ungacha Vinterkorn bir qator rasmiy masalalarni hal qilishi lozimligi qayd etilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Vinterkorn Porsche SE xolding kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, u Audi va VW Truck & Bus sho‘ba kompaniyasi kuzatuv kengashining raisidir.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya prokuraturasi Volkswagen’ning sobiq rahbari Martin Vinterkornga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan edi.
Izoh (0)