Ingushetiyaning Nazranovskiy tumanida amalga oshirilgan maxsus operatsiya davomida ikki nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” Aksilterrorchilik milliy qo‘mitasiga tayanib xabar beradi.
“Ingushetiya respublikasi Aksilterrorchilik milliy qo‘mitasi tezkor shtabining banditlar guruhi noqonuniy faoliyatini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbiri doirasida Nazranovskiy tumanida bir guruh qurollangan kishilarning joylashganligi aniqlandi. Yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuv natijasida ikki jangari yo‘q qilindi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Yo‘q qilingan jangarilarning respublikada terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)