Kecha, 9-oktabr sanasida Yevro—2016 saralash raundining 9-tur o‘yinlari davom ettirildi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Moldova maydoniga tashrif buyurgan Rossiya terma jamoasi Ignashevich va Zyubaning gollari evaziga muhim 3 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Ukraina termasi ham mehmonda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
YeCh yo‘llanmasini birinchilardan bo‘lib hal qilgan Angliya termasi o‘z maydonida Estoniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Inglizlar safida Uolkott hamda Sterling gol mualliflari bo‘ldi.
Ispaniya esa qadrdon muxlislari ko‘z o‘ngida Lyuksemburgni tor-mor etdi. Uchrashuvda Santi Kasorla va Pako Alkasyer dubl qayd etdi. “Qizil furiya” Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga yo‘llanma oldi.
Yana bir yo‘llanmani Shveysariya qo‘lga kiritdi. Jamoa 9-turdagi uchrashuvda San-Marino darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p yo‘lladi.
Yevro-2016 saralashi. 9-tur
C guruhiMakedoniya – Ukraina 0:2 (0:0)Gollar: 0:1 – 59, penalti Seleznyov, 0:2 – 87 Kravets.
Slovakiya – Belarus 0:1 (0:1)Gol: 0:1 – 34 Dragun.
Ispaniya – Lyuksemburg 4:0 (1:0)Gollar: 1:0 – 42 Kasorla, 2:0 – 67 Pako Alkaser, 3:0 – 80 Pako Alkaser, 4:0 – 85 Kasorla.
E guruhiAngliya – Estoniya 2:0 (1:0)Gollar: 1:0 – 45 Uolkott, 2:0 – 85 Sterling.
Sloveniya – Litva 1:1 (1:0)Gollar: 1:0 – 45, penalti Birsa, 1:1 – 79, penalti Novikovas.
Shveysariya – San-Marino 7:0 (1:0)Gollar: 1:0 – 17 Lang, 2:0 – 55, penalti Inler, 3:0 – 65 Mexmedi, 4:0 – 72, penalti Juru, 5:0 – 75 Kasami, 6:0 – 80, penalti Embolo, 7:0 – 89 Derdiyok.
G guruhiMoldova – Rossiya 1:2 (0:0)Gollar: 0:1 – 58 Ignashevich, 0:2 – 78 Zyuba, 1:2 – 85 Chebotaru.
Lixtenshteyn – Shvetsiya 0:2 (0:1)Gollar: 0:1 – 18 Berg, 0:2 – 55 Ibragimovich.
Chernogoriya – Avstriya 2:3 (1:0)Gollar: 1:0 – 32 Vuchinich, 1:1 – 55 Yanko, 2:1 – 68 Bechiray, 2:2 – 81 Arnautovich, 2:3 – 90 Zabitser.