InfoCOM.UZ jurnali Moskvada o‘tadigan infokommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha Cisco Connect—2015 konferensiyasining sakkizinchi bor mediasherigi etib tanlandi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Cisco Connect — yetakchi IT-kompaniya va bo‘limlar rahbarlari, top-menejerlari, mutaxassislari, jurnalistlar va talabalar to‘planadigan Rossiya hamda MDH hududidagi yirik anjumanlardan biri hisoblanadi.
Bu yil anjumanning asosiy mavzusi sifatida raqamlashtirish tanlangan. Mazkur tanlov butun dunyoda mamlakatlar, shaharlar, turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, aholi turmush sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovatsiyalar uchun raqamli texnologiyalar joriy etilayotgani bilan bog‘liq.
Konferensiya 17 —18-noyabr kunlari Moskvadagi xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tadi.