Dog‘istondagi Gimri qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi (ATO) tartibi joriy etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dog‘istonning Untsukul tumani, Gimri qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi tartibi joriy etildi. Jangarilarni izlab topish va zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda”, — dedi Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasining Dog‘istondagi tezkor shtabi vakili.
Ma’lumot uchun, 2015-yilning avgust oyida respublika rahbari Ramazon Abdulatipov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Dog‘istondan Rossiyaning boshqa hududlariga ekstremizm yoyilishi tahdidi amalda bartaraf etilgani, respublikada jinoyatlarning umumiy darajasi pasaygani haqida hisobot bergandi.