Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyoddagi hindistonlik uy xizmatchisiga nisbatan amalga oshirilgan og‘ir hujum yuzasidan Saudiya Arabistoni hukumatiga shikoyat qildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Avvalroq, hindistonlik 58 yoshli Kasturi Muniratxinam o‘zi xizmat qilayotgan uydan qochib ketishga uringan vaqtda, uning o‘ng qo‘li ish beruvchi tomonidan kesib tashlangani ma’lum bo‘lgandi.

“Bunga toqat qilib bo‘lmaydi. Mazkur masala yuzasidan Saudiya Arabistoni hukumatiga murojaat qildik. Elchixonamiz jabrlanuvchi bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi”, — deb yozdi Hindiston tashqi ishlar vaziri Shushma Svaraj Twitter’dagi sahifasida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston hukumati Saudiya Arabistonida hindistonlik ayolga nisbatan ko‘rsatilgan nomaqbul munosabatdan juda ham xavotirda. Hozirgi vaqtda ayol shifoxonada qolmoqda.

Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Ar-Riyoddagi ish beruvchilar ayolga nisbatan doimiy ravishda yomon munosabatda bo‘lgan. Jabrlanuvchining oilasi Saudiya hukumatidan tovon puli va davolanish xarajatlari to‘lab berilishini talab qilmoqda.

Qayd etishlaricha, Saudiya Arabistoni hukumati hozircha mazkur holatga hech qanday izoh bermayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi