Qozog‘istonda telefon raqamini saqlagan holda boshqa uyali aloqa operatoriga o‘tish xizmati (MNP yoki “mobil qullik”ni bekor qilish) 2016-yilning 1-yanvaridan ishga tushadi. Bu haqda mamlakat aloqa, axborotlashtirish va axborot qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.
Bu yangilikni kiritish mobil operatorlarida mavjud bo‘lgan abonentlarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun kuchli raqobatni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, abonentlarni qo‘shimcha SIM-kartalardan ozod etadi hamda xizmat haqlarining tushishiga olib keladi.
Avvalroq “mobil qullik”dan ozod qilish ishini 2015-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi.
Bu yangilik aloqa operatorlarining aloqa parametrlari sifatsizligi, abonentlarga ko‘rsatiladigan xizmatning shartnomada qayd etilganidek yuqori darajada emasligi, abonentlar bilan shartnoma tuzmasdan raqamlar tarqatilganligi, ko‘rsatilgan va ruxsat etilgan radiochastotali spektrlari bor aholi yashash puntklari raqamlar bilan yetarlicha ta’minlanmagani va boshqa sabablarga ko‘ra joriy etiladi.
Izoh (0)