Filippinning Leyte orolidagi hududiy qamoqxonaning psixiatriya bo‘limida yuz bergan yong‘in oqibatida to‘qqiz nafar mahkum halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yana bir nafar mahkum bedarak yo‘qolgan, deb qayd etilmoqda.
Sky news telekanalining ma’lum qilishicha, yong‘in yuz berganda 500 kishiga mo‘ljallangan binoda 1256 nafar mahkum bo‘lgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun sakkiz soatga yaqin vaqt sarflandi.
Izoh (0)