2015-yil — “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish” deb nomlangan ijtimoiy loyiha asosida keksalar uchun kompyuter savodxonligi darslari o‘tilmoqda. Bu haqda “InfoCOM.uz” xabar bermoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmati xodimlari hamda xorijiy axborot-kutubxonasi fondi hamkorlikda keksalarga kompyuter tuzilishi, qo‘shimcha qurilmalari, ish o‘rnini tashkil etish bilan tanishtirdi. Shuningdek, keksalar Microsoft Office dasturida klaviaturadan foydalanish imkoniyatlari haqida ham tasavvurga ega bo‘ldi. Mutaxassislar tashuvchi qurilmalar, internetda ishlash, tarmoq orqali qayerga savol berish, kerakli fayllarni olish, sahifalarni saqlash, elektron pochta manzillarini ochish va ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish yo‘llari haqida keksalarga tushuntirish darslarini olib bordi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksalar uchun “Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish” kompyuter savodxonligi darslari davom etmoqda.
Izoh (0)