Yaqin kunlargacha respublikadagi birorta bank zaruriy POS-terminallari bilan ish olib bormas edi. Biroq vaziyat o‘zgardi, deb xabar beradi “Norma” “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasiga tayanib.
“Hozirda respublika tijorat banklari tomonidan xalqaro plastik kartalar orqali to‘lovlarni qabul qilish sohasidagi xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, ‘Oriyent Finans’ xususiy aksiyadorlik tijorat banki sayyohlik sohasidagi tashkilotlarga Maestro va MasterCard xalqaro plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qiluvchi POS-terminallarini o‘rnatish xizmatini taklif qiladi”, — deyiladi “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi xabarida.
Bank xodimlari terminalni o‘rnatish va undan foydalanish masalalarida sayyohlik faoliyati subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyordir.